O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning dekabr oyida Janubiy Koreyaga rasmiy tashrif bilan boradi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In ma’lum qildi.
“Siz va rafiqangiz bilan joriy yil dekabr oyida Koreyada uchrashishimni orziqib kutmoqdaman”, deyiladi Mun Chje Inning Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik lavozimiga saylangani munosabati bilan yo‘llagan tabrigida.
Avvalroq, O‘zbekiston va Janubiy Koreya yaqin orada erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni imzolashni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Hujjat tashrif davomida imzolanishi mumkin. Bundan tashqari, Koreya tomoni O‘zbekistondan migrantlar uchun chegaralarni qisman ochishni rejalashtirmoqda.
Joriy yilda koreyalik hamkorlar ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida 400 million dollargacha bo‘lgan investitsiyalar o‘zlashtirilishi kutilmoqda. Yuqori texnologiyali tarmoqlarda qiymati 3,4 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 55 ta yangi loyiha tayyorlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...