Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosarligiga tayinlanishi kutilmoqda. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Ayni vaqtda sayt tahririyatida u hukumatda qaysi sohaga mas’ul bo‘lishi haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Jahongir Ortiqxo‘jayev 1975-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 1996-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
U o‘z faoliyatini «Jahongir» MCHJ direktori sifatida boshlagan, 2000-yillar boshida Akfa kompaniyasiga, 2011-yilda maishiy texnika buyumlari ishlab chiqaruvchi Artel kompaniyasiga asos solgan. 2017-2018-yillarda Tashkent city direksiyasi direktori lavozimida ishlagan.
Ortiqxo‘jayev 2018-yil aprelidan buyon Toshkent shahriga rahbarlik qilib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda O‘zbekiston hukumatida 6ta bosh vazir o‘rinbosari lavozimi bor: birinchi o‘rinbosar Ochilboy Ramatov (Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalari), iqtisodiy kompleks rahbari Jamshid Qo‘chqorov, qishloq xo‘jaligi masalalari kompleksi rahbari Shuhrat G‘aniyev, investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosar Sardor Umrzoqov, turizm va sportga mas’ul bo‘lgan Aziz Abduhakimov.
Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi esa biroz avvalroq bo‘sh qolgandi - Behzod Musayev SSV rahbari lavozimiga o‘tkazilgan.
- Bundan avvalroq Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahri hokimi lavozimidan ketishi va uning o‘rnini Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov egallashi haqida xabarlar tarqalgan, Kun.uz manbasi bu ma’lumotni rad etib, Hidoyatov Toshkent viloyatining Chirchiq shahri hokimi bo‘lishini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi