
Gidrometeorologiya xizmati yakunlanayotgan 2021 yilning so‘nggi kunlari uchun ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.
Kechagi ayozli va qorli ob-havoning sababi hududimizga Rossiyaning Yevropa hududidan (Moskva viloyati) kirib kelgan sovuq va nam havo massasidir.
Butun respublika bo‘yicha qor yog‘ishi kuzatildi, tekislik hududlarda birinchi barqaror qor qoplami hosil bo‘ldi.
Bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida sovuq ob-havo kuzatiladi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qor yog‘adi. Harorat foni me’yordan 5-7° ga past bo‘ladi va 2° sovuq-3° iliqdan yuqori bo‘lmaydi.
Yil oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechalari 28-29 dekabrda sovuqlar 3-8 daraja sovuqgacha kuchayadi, 30-31 dekabrda 2° sovuq-3° iliqgacha ko‘tariladi, ertaga kunduz kuni harorat 2-7 daraja iliq bo‘ladi, 31 dekabrga kunduz kuni 8-13 daraja iliqgacha ko‘tariladi.
Shu kunlarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar