Ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.
Unga ko‘ra, xususiy sektorga o‘tkaziladigan va ularni jalb qilish mumkin bo‘lgan ayrim davlat funksiyalarini oshirish mo‘ljallangan.
Bunda:
ayrim sohalardagi davlat nazorati, shu jumladan yong‘in xavfsizligini ta’minlash, ta’lim sifatini nazorat qilish, dori vositalarini sertifikatlashtirish kabi funksiyalarga xususiy sektor vakillari jalb qilinadi;
xususiy sektorni jalb qilish samaradorligi yuqori bo‘lgan sohalar aniqlanib, ayrim davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish nazarda tutiladi.
Davlat boshqaruvini nomarkazlashtirish hisobiga mahalliy ijro hokimiyati organlari va hududiy davlat boshqaruvi organlarining joylarda masalalarni hal qilishdagi rolini oshirish ham ko‘zda tutilgan.
Respublika davlat boshqaruvi organlarining funksiya va vakolatlarini hududiy davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘tkazish tartibini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni hal qilishda barcha darajadagi davlat boshqaruvi organlari hududiy boshqarmalarining samarali ishini, shu jumladan raqamli texnologiyalarni joriy qilgan holda tashkil etish nazarda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...