O‘zbekistonda xalq deputatlari kengashlarining ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishdagi vakolatlarini yanada kengaytirish rejalashtirilmoqda. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan.
Ichimlik va oqova suv, ichki yo‘llar, boshqa infratuzilma ob’ektlarini qurish, bandlik dasturlarini tasdiqlashni tuman va shahar xalq deputatlari kengashlari vakolatiga o‘tkazish mo‘ljallangan.
Shuningdek, hududlarda davlat ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash ob’ektlarini qurish va ta’mirlashga ajratiladigan mablag‘larni taqsimlash vakolati viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlariga o‘tkaziladi.
Hududlarni kompleks ijtimoiy rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish tizimini qayta ko‘rib chiqish ham rejalashtirilgan.
Mahalliy kengashlarning nazorat funksiyalarini kengaytirish, ularni tizimlashtirish maqsadida “Xalq deputatlari kengashlari nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Tuman va shahar xalq deputatlari kengashlarida kamida 2-3 nafar deputat doimiy asosda ishlaydigan tartib joriy etiladi.
Mahalliy kengashlar faoliyatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirishga qaratilgan “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari reglamenti to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”