08:30 / 01.01.2022
1 196

Jinoyat haqida xabar berish va uni ro‘yxatga olishning yangi tizimi joriy etiladi

Jinoyat haqida xabar berish va uni ro‘yxatga olishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish rejalashtirilmoqda. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.

Qayd etilishicha, jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik haqida xabar berish va ularni ro‘yxatga olishning “Ye-huquqbuzarlik” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etiladi.

Bir yil davomida takroran sodir etilishi og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholanadigan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarning hisobini bir yil davomida yuritish va muddat o‘tishi bilan avtomatik ravishda hisobdan olib tashlash tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini ijtimoiy moslashtirish orqali ular orasida huquqbuzarliklarning oldini olish mo‘ljallanmoqda.

Bunda, ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarini ijtimoiy moslashtirish bo‘yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni “yaxlit platforma” doirasida amalga oshirishni nazarda tutadigan “yuvenal profilaktika klasteri” tizimi joriy etiladi.

Oilada shaxsni ruhiy tushkunlikka olib keluvchi omillarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etish tizimini yaratish, jumladan aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish amaliyotini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Jinoyat haqida xabar berish va uni ro‘yxatga olishning yangi tizimi joriy etiladi