Har bir ko‘p kvartirali uy uchun to‘lovlarning alohida hisobi yuritiladi, 24/7 rejimida ishlaydigan avariya-dispetcherlik xizmati tashkil etiladi.
Ko‘p kvartirali uylarga oid yangi qoidalar belgilanmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi, deya xabar bermoqda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi.
Qarorga muvofiq:
- ko‘p kvartirali uy-joy fondini ta’mirlash uchun boshqarish organi tomonidan har bir ko‘p kvartirali uy uchun majburiy badallarning yoki to‘lovlarning alohida hisobi yuritiladi.
Misol uchun, 18-son ko‘p qavatli uydan yig‘ilgan “kvartplata” 19-son uy uchun sarflanishiga yo‘l qo‘yilmaydi va bu ishlar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Shuningdek, aholi tomonidan boshqaruv organlarining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan ham inspeksiyaga shikoyatlar yuborish imkoniyati yaratilib, ijrosi haqida ham hisobot berib boriladi;
- ko‘p kvartirali uyda umumiy mol-mulkning talab darajasida saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xizmatlar va ishlarning ro‘yxati Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari tomonidan tasdiqlangan minimal ro‘yxat asosida ko‘p kvartirali uydagi joylar mulkdorlarining umumiy yig‘ilishida tasdiqlanadi;
- boshqarish organlari tomonidan ko‘p kvartirali uylarda avariya vaziyatlarini bartaraf etuvchi 24/7 rejimida ishlaydigan avariya-dispetcherlik xizmati tashkil etiladi, bunga moliyaviy imkoniyati yoki moddiy-texnika bazasi yetarli bo‘lmagan taqdirda, avariya-dispetcherlik xizmati ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlar jalb qilinishi mumkin;
- ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi tomonidan doimiy ravishda joy mulkdorlarining so‘rovnomasi asosida kommunal xizmatlarning hajmi (miqdori), umumiy mol-mulkni saqlash maqsadida sarflangan xarajatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar berib boriladi;
- boshqarish organlari tomonidan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish billing tizimi orqali amalga oshiriladi. Natijada:
- majburiy badallar hisobi xonadonlar kesimida yuritiladi va to‘lov bo‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumot foydalanuvchining mobil telefoniga qisqa xabar (SMS) shaklida yuboriladi;
- boshqaruvchi organlarga murojaatlarni elektron shaklda yuborish mumkin bo‘ladi va ularning ijrosi mutasaddi organlar tomonidan nazorat qilinadi;
- har bir mulkdorda billing tizimi orqali onlayn tartibda uy-joy mulkdorlarining umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun mulkdorlarni chaqirish imkoniyati bo‘ladi;
- uy-joy mulkdorlari o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilib, boshqarish organi faoliyati to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar onlayn tahlil qilinadi va shu tariqa ko‘rsatilgan xizmatlar sifati aholi tomonidan baholanadi.
Vazirlik matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, boshqarish tashkilotlari elektron reytingida jami to‘planadigan ballning 60 foizi aholi tomonidan bildiriladigan fikr-mulohazalarga asoslanadi.
“Mulkdorlarga boshqaruvchi organ tomonidan bajarilgan ishlar, har olti oyda majburiy badallar, to‘lovlarning tushumi va uyni boshqarish bo‘yicha xarajatlar to‘g‘risidagi hisobotlar onlayn yetkaziladi. Bunda aholi kvitansiyani yuklab olish orqali hisob-faktura bilan ham batafsil tanishishi mumkin", - deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib o‘tamiz, ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish tizimini yaxshilash choralari ko‘rib chiqilishi borasida joriy yilning aprel oyida ma’lum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda