12:50 / 15.01.2022
1 212

O‘zbekistonda bir sutka ichida 876 nafar fuqaroda kasallik aniqlandi

O‘zbekistonda bir sutka ichida 876 nafar fuqaroda kasallik aniqlandi
O‘zbekistonda 14 yanvar kuni 870 kishida koronavirus qayd etilib, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlanganlar soni 204 173 nafarga yetdi, deb xabar beradi SSV matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining:
- 15 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 13 nafari Andijon viloyatida,
- 20 nafari Buxoro viloyatida,
- 23 nafari Jizzax viloyatida,
- 20 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 7 nafari Navoiy viloyatida,
- 23 nafari Namangan viloyatida,
- 48 nafari Samarqand viloyatida,
- 17 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 8 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 39 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 37 nafari Xorazm viloyatida,
- 135 nafari Toshkent viloyatida,
- 451 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu kun davomida 341 kishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 nafar, Andijon viloyatida 17 nafar, Buxoro viloyatida 11 nafar, Jizzax viloyatida 24 nafar, Qashqadaryo viloyatida 38 nafar, Navoiy viloyatida 5 nafar, Namangan viloyatida 9 nafar, Samarqand viloyatida 76 nafar, Sirdaryo viloyatida 3 nafar, Surxondaryo viloyatida 5 nafar, Farg‘ona viloyatida 14 nafar, Xorazm viloyatida 25 nafar, Toshkent viloyatida 61 nafar, Toshkent shahrida 50 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 197 942 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1513 nafarni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 7 yanvar kuni O‘zbekistonda koronavirusning omikron shtammi aniqlangandi. Shundan buyon koronavirusga chalinganlar soni orta boshladi. 8 yanvar kuni 369 kishida, 9 yanvarda 389 kishida, 10 yanvarda 425 kishida, 11 yanvarda 604 kishida, 12 yanvarda 714 kishida, 13 yanvar kuni 824 kishida kasallik tasdiqlandi.

Shu sababli Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15 yanvardan boshlab mamlakatda bir qator cheklovlar joriy etiladi. Jumladan, turli tadbirlar tashkil etish taqiqlanadi, emlanmagan xodimlar ishga qo‘yilmaydi. Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ta’til davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi to‘liq emlash choralari ko‘riladi. O‘zbekiston aeroportlarida koronavirusga qarshi majburiy test topshirish joriy etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda bir sutka ichida 876 nafar fuqaroda kasallik aniqlandi