Foto: Prezident matbuot xizmati
«2022–2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–98-son, 22.01.2022 y.) qabul qilindi.
Qaror bilan 2022–2024 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi.
Dastur doirasida belgilangan yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish uchun jami 76 881,0 mlrd so‘m ajratiladi.
Shunga ko‘ra, mazkur yillarda jumladan quyidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish ob’ektlarini ishga tushirish nazarda tutilgan:
— 54 230 o‘quv o‘rni va 8 358 yotoq o‘rniga ega oliy ta’lim muassasalari;
— 259 101 o‘quv o‘rniga ega, 248 ta sportzaldan iborat umumta’lim, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar;
— 88 310 o‘ringa ega maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
— 24 213 o‘ringa ega sog‘liqni saqlash muassasalari.
Qaror bilan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tuzildi.
Respublika komissiyasi Dasturda ishtirok etayotgan vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Dasturlar doirasida rejalashtirilgan mablag‘larni ichki manbalar hisobidan jalb qilingan qarz mablag‘lari, xorijiy kreditlar va ular bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlarini qoplashga, shuningdek, ob’ektlar qurish uchun kreditlar ajratishga yo‘naltirish taqiqlanadi.
Qarorga ko‘ra, 2022 yildan:
— ikki yil muddatga vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklarning ma’muriy binolarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha yangidan boshlanadigan loyihalarni (Prezident qarorlariga muvofiq amalga oshiriladigan, shuningdek, yangidan tashkil etiladigan shahar va tumanlarda joylashadigan loyihalar bundan mustasno) O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish taqiqlanadi;
— kelgusi yillar uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini shakllantirish jarayonlarida keyingi yillarga o‘tadigan loyihalar (ob’ektlar) soni bosqichma-bosqich qisqartiriladi va ularni tegishli moliyaviy yilda foydalanishga topshirish nazarda tutiladi.
— 2022 yilda yakunlanadigan ta’lim muassasalari ob’ektlari – 15 avgustgacha, sog‘liqni saqlash va tibbiy-ijtimoiy muassasalar ob’ektlari – 1 oktabrgacha, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari ob’ektlari – 1 dekabrgacha foydalanishga topshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi