Numbeo portali yashash uchun eng qimmat va eng arzon mamlakatlar 2022 yilgi reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston mazkur reytingda ishtirok etgan 139 mamlakat ichida 27,31 ko‘rsatkich bilan 133-o‘rinni egalladi.
Ekspertlar turli mamlakatlarda yashash qanchalik qimmatga tushishini baholagan. Bunda, ijara haqi, do‘konlardagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi, shuningdek, hamyonbop restoranlarga tashrif buyurilganidagi o‘rtacha xarajat hisoblangan. Reytingga asos sifatida Nyu-York shahri olingan, aynan u uchta ko‘rsatkich bo‘yicha ham 100 indeksiga ega.
Reyting mualliflarining hisob-kitobiga ko‘ra, O‘zbekistonda yashash Nyu-Yorkdan ko‘ra, 72,69 foizga arzon.
Ro‘yxatning dastlabki uchta pog‘onasidan Bermud orollari (146,04), Shveysariya (123,35) va Norvegiya (100,9) egallagan bo‘lsa, oxirgi o‘rinlarni Hindiston (24,43), Afg‘oniston (20,37) hamda Pokiston (19,92) band etgan.
Avvalroq Buyuk Britaniyaning The Independent nashri sohaga ixtisoslashgan jurnalistlarning tavsiyalari asosida sayohat qilish uchun eng ommabop 10 ta yo‘nalishni e’lon qilgan va ular orasida O‘zbekiston ham o‘rin olgan edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2019 hamda 2020 yillarda Numbeo portalining yashash uchun eng arzon mamlakatlar reytingida 6-o‘rinni egallagandi. 2021 yilning oktabrida esa O‘zbekiston xavfsizligi yuqori bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas