Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan OTMlar sonini ochiqladi. Qayd etilishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 159 ta, shu jumladan, Toshkent shahrida 72 ta, hududlarda 87 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud. Shundan:
- universitet — 28 ta;
- institut — 47 ta;
- akademiya — 3 ta;
- konservatoriya — 1 ta;
- filial — 26 ta;
- xorijiy OTM va uning filiallari — 30 ta;
- nodavlat OTM — 24 ta.
Davlat oliy ta’lim muassasalari tegishliligi bo‘yicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan:
- Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - 53 ta;
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi - 5 ta;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi - 11 ta;
- Madaniyat vazirligi - 9 ta;
- Badiiy akademiya - 1 ta;
- Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi - 7 ta;
- Adliya vazirligi - 2 ta;
- Transport vazirligi - 1 ta;
- Navoiy kon-metallurgiya kombinati - 2 ta;
- Tashqi ishlar vazirligi - 1 ta;
- Din ishlari bo‘yicha qo‘mita - 1 ta;
- Qurilish vazirligi - 2 ta;
- Turizm va sport vazirligi - 4 ta;
- Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi - 3 ta;
- Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi - 1 ta;
- Davlat soliq qo‘mitasi - 1 ta;
- Prezident ta’lim muassasalari agentligi - 1 ta.
Ushbu ro‘yxatga harbiy va diniy oliy ta’lim muassasalari, jumladan, magistratura mutaxassisliklari tashkil etilgan tashkilotlar kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni so‘nggi 3 yilda ikki barobar oshgan. 2020/2021-o‘quv yili boshida respublika bo‘yicha 20 ta xorijiy oliy ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan.
Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi 4 noyabr kuni oliy ta’lim muassasalari milliy reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, yetakchi o‘rinni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti egallagan. Yuqori beshtalikdan O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand davlat universtiteti va Toshkent moliya instituti joy olgan.
2020/2021-o‘quv yilida O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalar jami 571,5 ming nafarni tashkil etgan. Shundan, OTMlarda ta’lim olayotgan talabalarning 311,5 ming nafarini o‘g‘il bolalar, 260 ming nafarini qiz bolalar tashkil etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi