14:58 / 02.03.2022
1 394

O‘zbekistonda 3 mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 3 mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
«O‘zgidromet» 3 mart, payshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra:

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 17-19 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 16-21 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja iliq, kunduzi 19-24 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq atrofida, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, haftaning ikkinchi yarmidan O‘zbekistonga Eron hududlaridan juda iliq havo kirib kelishi kutilmoqda. Buning natijasida yog‘ingarchiliksiz juda iliq ob-havo bo‘ladi. Havo harorati kunduz kunlari 18-23 daraja iliqqacha, janubda va cho‘l hududlarida 25-27 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Ob-havo1, Qarshi ob-havo1, Navoiy ob-havo1, Andijon ob-havo1, Xorazm ob-havo1, Farg‘ona ob-havo1, Samarqand ob-havo1, Toshkent ob-havo1

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 3 mart kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi