Foto: mahalladosh.uz
O‘zbekistonda 2022 yilning 1 yanvar holatiga ishsizlik darajasi 9,6 foizni tashkil etib, o‘tgan yil shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaygan bo‘lsa, 2021 yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan 0,2 foizga ortdi.
Bandlik va mehnat vazirligi xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holati bo‘yicha mehnat resurslari soni 19,3 mln kishini tashkil etib, 2020 yil shu davriga nisbatan 1,1 foizga yoki 202,6 ming kishiga oshgan. Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlar soni 13,5 mln kishini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,3 foizga (299,3 ming kishiga) oshgan.
2022 yilning 1 yanvar holatida rasmiy sektorda band aholi soni 6,1 mln kishini tashkil qilib, 2020 yilning shu davriga nisbatan yuridik shaxslarda band bo‘lganlar soni 6,3 foizga yoki 314,8 ming kishiga oshgani kuzatildi.
Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni 5,8 mln kishini tashkil etib, 2021 yilning 1 oktabr holatiga nisbatan 1,0 foiz yoki 58,4 ming kishiga kamaygan.
O‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, ishga muhtoj bo‘lganlarning umumiy soni 1,4 mln kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,6 foizni tashkil etdi. 16-30 yoshgacha bo‘lganlar orasida ishsizlik darajasi - 15,1 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi esa - 13,3 foiz bo‘ldi.
2021 yil yanvar-dekabr oylarida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga 879,5 ming nafar fuqaro ish topishga yordam so‘rab murojaat qilgan. Murojaat qilgan fuqarolarning 393,8 ming nafari ish bilan ta’minlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”