
Foto: mahalladosh.uz
Prezident “Nuroniylarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining xodimning pensiya yoshiga toʻlgani munosabati bilan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish tartibini taqiqlash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda xodimning pensiya yoshiga toʻlgani munosabati bilan ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni taqiqlash boʻyicha qonuni loyihasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi unga yuklatilgan asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib, mahallalarda nuroniy va keksalar bilan ishlarni takomillashtirish yoʻnalishida quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:
mahallalarda “Bir nuroniy oʻn yoshga mas'ul” tamoyilini qaror toptirishda tashabbuskorlik koʻrsatayotgan ijtimoiy faol nuroniylarni moddiy va ma'naviy qoʻllab-quvvatlash;
vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar, korxona va tashkilotlardagi “Faxriylar kengashlari”, fuqarolar yigʻinlaridagi “Keksalar maslahati” guruhlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
mehnat faxriylarining mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta'minlash, ijtimoiy-ma'naviy muhitni sogʻlomlashtirishdagi ishtirokini kengaytirish;
“Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmasin” shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan keksalar va nuroniylar holidan doimiy xabar olish tizimini tashkil qilish hamda ijtimoiy himoya dasturlari doirasida davlat xizmatlari koʻrsatilishini ta'minlash;
keksalar va faxriylarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida “Nuroniylar maskani” majmualarida va mahallalarda turli madaniy-ma'rifiy tadbirlar oʻtkazish;
fuqarolar yigʻinlari raislarining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchilari va mahallalardagi boshqa jamoatchilik tuzilmalarining samarali faoliyat koʻrsatishini ta'minlash. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar