«O‘zgidromet» mart oyining so‘nggi kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Xabarda ko‘rsatilishicha, 29-30 mart kunlari respublika hududlarida havo harorati biroz pasayadi. Faqat shimol va tog‘li hududlardagina harorat minimumlari nol va undan biroz pastki haroratga tushadi. 31 mart kunidan boshlab esa kunlar asta-sekin qiziy boshlaydi.
28 mart shimol Qoraqalpog‘iston va Xorazmda, 29 mart Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Farg‘ona vodiy viloyatlarida biroz yog‘ingarchilik kutiladi. Boshqa hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
28 mart shimolda, 29 mart respublikaning ko‘plab viloyatlarida kuchli shamollar esadi. Shamollar kuchayganda 18-23 m/s kuchga yetishi mumkin.
Umuman olganda, 28-30 mart kunlari joylarda biroz beqaror havolar kutiladi. 31 martdan esa kunlar isiy boshlaydi.
«Yuqori ehtimol, g‘arbda antitsiklonning rivojlanishi aprel oyining birinchi o‘n kunligi quruq va issiq o‘tishini ta’minlaydi. Bu havo to‘lqinlari qishloq xo‘jaligi sektori uchun qariyib bir oy davom etayotgan yog‘inli va nam havodan so‘ng yaxshi xabar bo‘ladi»,— deyiladi meteorologlar izohida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”