date
views 1 478

Oʻzbekistonda 25 aprel kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma'lum qilindi

Oʻzbekistonda 25 aprel kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma'lum qilindi
«Oʻzgidromet» 25 aprel, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini e'lon qildi. Unga koʻra:

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Kunduz kuni yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida 12-17 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 23-25 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, ba'zi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduz kuni yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, ba'zi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi, ba'zi joylarda kuchli boʻladi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 13-18 daraja boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, «Oʻzgidromet» 24—25 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomgʻirlar yogʻishi sababli respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirib, sel xavfi mavjud hududlar roʻyxatini e'lon qilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonda 25 aprel kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma'lum qilindi