18:08 / 28.04.2022
953

Ro‘ziqul Berdiyev: «Nasaf» va «Paxtakor» OCHLda yaxshi daraja ko‘rsata oldi

Ro‘ziqul Berdiyev: «Nasaf» va «Paxtakor» OCHLda yaxshi daraja ko‘rsata oldi
«Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev jamoasining Osiyo Chempionlar Ligasi musobaqasidagi ishtiroki haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda «Championat.asia» xabar qilmoqda.

- "Guruhdan o‘rin olgan jamoalarning barchasi kuchli edi. Shunga qaramasdan, futbolchilar ruhiy tomondan yaxshi tayyorgarlik ko‘rdi va ularga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsata oldi. Oldimizga keyingi bosqichga chiqish vazifasi qo‘yilgandi va biz buni juda ajoyib tarzda amalga oshirdik", - dedi «Nasaf» bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev.

«Nasaf»ning o‘yini Superliga bilan OCHLda farq qilishi haqida

- Jamoa qancha ko‘p o‘yinga ega bo‘lsa, o‘yin amaliyoti ham shunga yarasha bo‘ladi. Buni yigitlar uchrashuvlarda ko‘rsata oldi. Tarkibda qancha jarohatlar bo‘lishiga qaramasdan, yigitlar katta ishtiyoq bilan o‘ynadi va shu sababli keyingi bosqichga chiqdik. Fursatdan foydalanib, barcha o‘zbek muxlislarini bu kichik yutuq bilan tabriklayman.

Jamoadagi jarohatlar haqida

- Oxirgi ikki yil ichida Sherzod Nasrullayev yetakchimizga aylandi. U kerakli chiziqda harakat qiladi, chunki chap qanot himoyasida boshqa o‘yinchi yo‘q edi. Shuning uchun Alibek Sherzodning qanotini yopishga harakat qildi. Davronov yosh bo‘lishiga qaramasdan, ancha yaxshi harakat qildi va ishonchimizni oqladi. Nasrullayev va G‘aybullayevning yo‘qligi o‘yinimizga yaxshigina ta’sir qildi.

Pley-offdagi raqib haqida

- Navbatdagi raqibimiz haqida kecha bildik. Keyingi bosqichdagi raqibimiz Saudiya Arabistonining «Ash-Shabob» jamoasi. Hozirda jamoa milliy chempionatda to‘rtinchi pog‘onada ketayotgan ekan. Ularning bir nechta legioneri bor. Biz Saudiya jamoasiga qarshi maydonga tushdik va ularning barcha jamoasi yaxshi saviyada ekanligini bildik. «Ash-Shabob»ga qarshi o‘yin ham oson bo‘lmaydi, biroq OCHLdagi o‘yinimiz orqali ancha tajribaga ega bo‘ldik va ularga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatamiz deb o‘ylayman.

Guruh bosqichining so‘nggi turidan avval «Nasaf» yirik hisobda mag‘lub bo‘lmasa, keyingi bosqichga chiqishi aniq edi. Bu jamoaning o‘yiniga ta’sir qilgani haqida

- Menimcha, bu holat ozgina ta’sir qildi. Buni futbolchilarning o‘yinidan sezdim. Shu sababli kiyim almashtirish xonasida bu haqida juda ko‘p bor ta’kidladim. Biz hali maqsadimizni 100% hal qilmagan edik va ularni ruhan jiddiy tayyorlashga harakat qildim.

«Paxtakor»ning OCHLdagi o‘yini haqida

- «Paxtakor»ning bir nechta o‘yinini ko‘rdik. Ular haqida gapiradigan bo‘lsam, ancha yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. «Sherlar»ning o‘yinlarda yaratgan vaziyatlari butun mavsumga yetsa kerak. «Paxtakor»dan biroz omad yuz o‘girgan bo‘lsa ham kerak. Lekin «Nasaf» va «Paxtakor» OCHL bahslarida yaxshi darajani ko‘rsata oldi.

Eslatib o‘tamiz, «Nasaf» 9 ochko jamg‘argan holda E guruhida 2-o‘rinni egalladi va o‘z tarixida ilk bor pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 1/8 finalda qarshiliklarga Saudiya Arabistonining «Ash-Shabob» jamoasi raqib bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: «Nasaf» va «Paxtakor» OCHLda yaxshi daraja ko‘rsata oldi