
La Liga 35-turidan o‘rin olgan "Real" - "Espanol" bahsi yakuniga yetdi. Unda mezbonlar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Qirollik klubi" safida Rodrigo dubl qayd etdi. Shuningdek, Asensio hamda Benzema o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Anchelotti shogirdlari hisobidagi ochkolari sonini 81 taga yetkazib olgan holda, muddatidan avval chempionlik masalasini hal qildi. 39 ochkosi bor Kataloniya klubi 13-pog‘onani band etgan.
Real Madrid – Espanol 4:0
Gollar: 1:0 – 33 Rodrigo, 2:0 – 43 Rodrigo, 3:0 – 55 Asensio, 4:0 – 81 Benzema.
Real Madrid – Kurtua, Kazemiro (Isko, 61), Valexo, Marselo, Modrich (Kroos, 60), Sebalos, Kamavinga (Xila, 75), Vaskes, Mariano Dias (Benzema, 60), Asensio, Rodrigo (Vinisius Junior, 75).
Espanol – Diyego Lopes, Serdji Gomes, Kalero (David Lopes, 83), Kabrera, Melendo (Morlanes, 65), Vilena (Didak Vila, 65), Darder, Errera (Merida, 76), Aleish Vidal, de Tomas (U Ley, 65), Puado.
Ogohlantirishlar: Mariano Dias (42), Kazemiro (46). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar