
Futbol bo‘yicha Anliya Premer Ligasining 35-turida «Arsenal» 1 may, yakshanba kuni «Vest Hem» maydoniga safar qildi.
Uchrashuvning 38-daqiqasida Rob Holding mehmonlarning dastlabki golini urdi. «Vest Hem» futbolchilari bunga 45-daqiqada kiritilgan to‘p bilan javob qaytardi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Gabriel «Arsenal»ga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.
Mazkur g‘alabadan keyin ochkolarini 63 taga yetkazib olgan Mikel Arteta shogirdlari to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Vest Hem» (52) 7-pog‘onada qolib ketdi.
«Arsenal» keyingi turda «Lids» bilan o‘ynaydi, «Vest Hem» esa «Norvich»ga qarshi bahs olib boradi.
«Vest Hem» — «Arsenal» 1:2
Gollar: 0:1 – 38 Xolding, 1:1 – 45 Bouen, 1:2 – 54 Gabriel.
«Vest Hem»: Fabianski, Soufal, Kressuell, Zuma, Frederiks, Nobl (Souchek, 77), Lansini (Antonio, 71), Rays, Fornals, Benrahma (Yarmolenko, 81), Bouen.
«Arsenal»: Remsdeyl, Tomiyasu (Soaresh, 78), Holding, Gabriel, Nunu Tavaresh, Smit-Rou, Jaka, an-Nenni, Edegor, Nketia, Martinelli, Saka.
Ogohlantirishlar: Saka (48), Bouen (52), Nketia (90). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing