Superliganing 6-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Nasaf" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Bugun ikki jamoa ham g‘alaba uchun harakat qildi. O‘yin davomida hech bir jamoada yaqqol ustunlik kuzatilmadi. Oxirida omadimiz kelib gol urib ketdik va g‘alabaga erishdik.
To‘g‘risini aytganda, bugun jamoamizning o‘yini meni qoniqtirmadi. Bunday bo‘lishini avvaldan bilgandim, chunki jamoaning holati biz kutganchalik emas. Shunday bo‘lsa ham bugun safarda qiyin jamoa ustidan g‘alabaga erishdik.
- "Nasaf" o‘yin davomida 2 ta vaziyatda feyr-pleyga amal qilmagandek ko‘rindi. Bunga izohingiz qanday?
- Oybek Rustamov yiqilganidan so‘ng ko‘rgan bo‘lsangizlar to‘p birinchi Slavko Lukichda edi. U oldinga uzatma berishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Shundan so‘ng biz to‘pni egallab oldik. Shu sabab biz o‘ynab ketdik. Albatta, bu vaziyat uchun biz yigitlar bilan gaplashamiz. Bu futbol va qayerdadir shunday holatlar uchrab turadi.
- Gol bo‘lgan vaziyatda mezbonlar posboni Muzaffar Abdullayevga nisbatan qoida buzilgandek ko‘rindi. Bu vaziyat borasida fikringizni bilsak...
- O‘sha vaziyatda hakamlar bizga nisbatan yaqinroq turgandi. Buni hozir gapirayapmiz-u, lekin o‘sha holatni takroran ko‘rish kerak. Standart vaziyat edi, bunaqa holatlarda hakamlarning diqqat e’tibori yanada ortadi. Fikrimcha, bu yerda xatolik yo‘q edi.
- "Nasaf" OCHLda guruh bosqichidan chiqdi. Ijobiy natijadan kelib chiqib jamoa vakillariga xorijdan takliflar tushmadimi?
- Hozircha bizda biron aniq taklif yo‘q. Lekin o‘sha joyda ko‘rdik, jamoamiz ishtirokidagi o‘yinlarni juda ko‘plab futbol agentlari kuzatishdi.
- "Qo‘qon-1912" jamoasining bugungi o‘yini durang natijaga mos edi deb hisoblaysizmi?
- Albatta, bizga ozroq omad kulib boqdi. Bugungi o‘yinda shamol esayotgani o‘yin sifatiga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Biz mezbonlardan bugun cho‘chib turgandik. Chunki jamoamizning ayni vaqtdagi holatini yaxshi deb bo‘lmas edi. Og‘ir o‘yinlarni o‘tkazib keldik, tiklanishga 3 kundan kamroq vaqt bo‘ldi. "Qo‘qon-1912" o‘yinlarini ko‘rib chiqdik, jamoa uzun uzatmalar va standart vaziyatlarga suyanadi. Shu sabab biz yigitlarga standart vaziyatlarga ehtiyotkorlik bilan harakat qilishlari lozimligi haqida tushuntirdik. Bugun mezbonlar maydonda bizdan ko‘ra yaxshiroq harakat qilishdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas