
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Chempionlar ligasi yarim finalida "Real"ga uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi.
"Biz yaqin edik. Biroq yakunda finalga chiqa olmadik. Hammasi oddiy. Birinchi taymda yaxshi o‘ynay olmasakda, katta muammolarga duch kelmadik.
Jamoam goldan keyin ko‘p hujumlar uyushtirdi. Biz o‘z o‘yinimizni topib, ko‘plab hujumlar uyushtirdik va futbolchilar maydonda o‘zlarini qulay his qila boshladi. "Real" so‘nggi 10 daqiqada hujum qilgani yo‘q, biz esa jabr ko‘rdik.
"Qirollik klubi" safida Militao, Vinisius, Rodrigo va Benzema jarima maydoni atrofida paydo bo‘ldi va bir-birlariga to‘p uzatib, gol urishdi.
Futbolda oldindan hech narsani aytib bo‘lmaydi. Barchasini boshidan ko‘rib chiqamiz va qaytishimiz va qayta olishimiz zarur. Oldinda bizni yana 4 ta uchrashuv kutib turibdi", - dedi Gvardiola. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar