UYEFA hakamlar qo‘mitasi rahbari Perluiji Kollina, Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) va FIFA futbol o‘yinlari vaqtini 60 daqiqagacha qisqartirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Shuningdek, sof o‘yin vaqtini joriy qilish variant ham ko‘rilmoqda, deya xabar beradi sobiq hakam Mark Klattenburg Daily Mail nashridagi shaxsiy blogida.
- "Qo‘shimcha daqiqalar munozarali masala ekanini hakamlar biladi. G‘alaba qozonayotgan jamoa kamroq, yutqazayotgan jamoa esa ko‘proq vaqt xohlaydi. Menimcha, yechim mavjud — bu sof vaqtga mo‘ljallangan 60 daqiqalik o‘yinlar. Hozirda Perluiji Kollina, FIFA va IFAB bu g‘oya ustida ishlamoqda. Ushbu tizim basketbolda qo‘llanadi, balki futbolda ham qo‘l kelar.
Masalan, to‘p maydondan tashqariga chiqib ketganda, jarohatlangan futbolchiga yordam ko‘rsatilayotganda yoki o‘yinchilar hakam bilan gaplashayotganda vaqt to‘xtatib qo‘yiladi. Shu tariqa har bir o‘yinning davomiyligi belgilangan bo‘ladi va biz vaqt masalasidagi qarama-qarshiliklardan xalos bo‘lamiz", - deydi sobiq hakam Mark Klattenburg. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi