
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 36-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 8 may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
«Milan» safarda «Bolonya»ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 38-daqiqasida Davide Faraoni mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Sandro Tonali muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo‘lim debyutida Tonali dublga erishdi. 86-daqiqasida Alessandro Florensi yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Mazkur g‘alaba evaziga «Milan» ochkolarini 80 taga yetkazib olgan holda yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Mavsum tugashiga ikki tur qolganda milanliklar «Inter»ni ikki ochkoga ortda qoldirmoqda.
«Verona» — «Milan» 1:3
Gollar: 1:0 – 38 Faraoni, 1:1 – 45 Tonali, 1:2 – 49 Tonali, 1:3 – 86 Florensi.
«Verona»: Montipo, Faraoni (Depaoli, 66), Chekkerini (Shutalo, 79), Gyunter, Kazale (Ongla, 66), Lazovich, Tamez, Barak, Ilich, Kaprari, Simeone (Lazanya, 72).
«Milan»: Menyan, Kalabriya (Florensi, 84), Tomori, Kalulu, Ernandes, Krunich (Bennaser, 68), Kessie, Salemakers (Messias, 62), Tonali, Jiru (Rebich, 63), Rafael Leau (Ibrahimovich, 84).
Ogohlantirishlar: Faraoni (45), Rafael Leau (45), Ilich (70).
«Spetsiya» — «Atalanta» 1:3
Gollar: 0:1 – 16 Muriel, 1:1 – 30 Verde, 1:2 – 73 Gimshiti, 1:3 – 87 Pashalich.
«Salernitana» — «Kalyari» 1:1
Gollar: 1:0 – 68, penalti Verdi, 1:1 – 90 Altare. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar