07:00 / 09.05.2022
1 045

«Real» va Kilian Mbappe vakillari orasida kelishmovchilik yuzaga keldi

«Real» va Kilian Mbappe vakillari orasida kelishmovchilik yuzaga keldi
Madridning «Real» klubi va Kilian Mbappening vakillari futbolchining imij huquqlari borasida kelisha olmayapti.

El Pais nashrining xabariga ko‘ra, madridliklar yozda erkin agentga aylanadigan 23 yoshli hujumchi uchun 180 million yevro bonus, yiliga 40 million yevro maosh va imij huquqidan tushgan daromadning 50% qismini taklif qilmoqda.

Ispan klubi rahbariyati tomonidan taklif qilingan imij huquqlarini taqsimlash borasidagi qarori futbolchining atrofidagilarni hafsalasini pir qilgan. Joriy mavsumda Mbappe imij huquqlaridan taxminan 40 million yevro olishi kutilmoqda, yaqin yillarda esa bu miqdor 70 million yevroga oshishi mumkin.

Shu o‘rinda «Real» rahbariyati ham Kilianning ular safiga o‘tishi yangi homiy va hamkorlarning topilishiga yordam beradi. Shu orqali daromad yanada oshadi.

«PSJ» esa hujumchiga taklif qilayotgan yangi shartnomasida imij huquqini 100% saqlab qolish imkonini beruvchi band qo‘shgan. Fransiyalik futbolchi Parij klubida qolish varianti haqida jiddiy o‘ylamoqda.

Mbappening parijliklar bilan shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi. Hujumchi 2021/22 yilgi mavsum Liga 1 da 32 ta o‘yinda ishtirok etib, 24 ta gol va 16 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» va Kilian Mbappe vakillari orasida kelishmovchilik yuzaga keldi