
Futbol bo‘yicha Italiya Kubogining finalida «Yuventus» 11 may, chorshanba kuni «Inter»ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuving 6-daqiqasida Nikolo Barella hisobni ochdi. 50-daqiqada Aleks Sandro muvozanatni tikladi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Dushan Vlahovich turinliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 80-daqiqada Hoqon Chalxono‘g‘lu penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi. O‘yinning qolgan daqiqalarida darvozalar daxlsizligi saqlandi va jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga yo‘l oldi.
99-daqiqada «Yuventus» darvozasi tomon penalti belgilandi. Bu safar Ivan Perishich zarbada adashmadi va «nerazzurilar»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 3 daqiqadan so‘ng Perishich dublni rasmiylashtirdi.
Shu tariqa, «Inter» 2021/22 yilgi mavsum Italiya Kubogi sohibiga aylandi.
«Yuventus» — «Inter» 2:4
Gollar: 0:1 – 6 Barella, 1:1 – 50 Aleks Sandro, 2:1 – 52 Vlahovich, 2:2 – 80 Chalxono‘g‘lu (penalti), 2:3 – 99 Perishich (penalti), 2:4 – 102 Perishich.
«Yuventus»: Perin, Danilo (Morata, 41), Kellini (Artur, 84), de Ligt, Aleks Sandro (Pellegrini, 90), Kuadrado, Rabo, Zakariya (Lokatelli, 67), Dibala (Kin, 100), Vlahovich, Bernardeski (Bonuchchi, 67).
«Inter»: Handanovich, Darmian (Dumfris, 63), de Vrey, D’Ambrozio (Dimarko, 63, Bastoni, 116), Shkrinyar, Perishich, Brozovich, Chalxono‘g‘lu (Vidal, 90), Barella, Jeko (Korrea, 63), Martines (Sanches, 90).
Ogohlantirishlar: Brozovich (55), Lokatelli (90) Vidal (119). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar