23:52 / 12.05.2022
5 300

Ulug‘bek Baqoyev: "So‘g‘diyona" rahbariyatidan meni iste’foga chiqarishini so‘rayman"

Ulug‘bek Baqoyev: "So‘g‘diyona" rahbariyatidan meni iste’foga chiqarishini so‘rayman"
Superliga 8-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" – "Nasaf" (1:2) bahsidan so‘ng jizzaliklar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O‘yinni yomon boshladik, futbolda shunaqasi ham bo‘lib turadi. Ikkinchi taymda bir qator o‘zgarishlarga qo‘l urdik, o‘yin o‘zgardi. Gol urdik, keyin yana o‘tkazib yubordik.

Yigitlar kurashishdi. Ilgari hech qachon bunday qilmaganman, lekin bu gal janob hakamga murojaat qilmoqchiman. Hamma narsani qachondir oxiri bo‘ladi. Tomoshabin o‘z jamoasi o‘yinini ko‘rgani kelyapti. Hakam qarorlarini raqib jamoa foydasiga chiqarmoqda. Penalti berilyapti, qoida buzishlar bo‘lyapti, to‘p qo‘lga tegyapti... hakam esa bu "kontakt" tufayli ro‘y berganini aytyapti.

Savolim boshqacha: balki meni yoki murabbiylar shtabini deb shunday qilinyaptimi? Agar shunday bo‘lsa, boshqa yigitlar jabr chekmasligi uchun klub rahbariyatidan meni qo‘yib yuborishini so‘rayman. Bilasizmi, bunaqasi oxirgi 3-4 turdan buyon kuzatilmoqda. Ehtimol, "So‘g‘diyona" kimdirga xalaqit qilyaptimi, to‘g‘risi, bu nima bilan bog‘liq ekanligini bilmayman. Balki Jizzax shahri yoki jizzaxlik muxlislar boshqa davlatdanmi? Bilasizmi, Jizzax go‘yo O‘zbekiston tarkibiga kirmaydi.

Shunday ekan, "So‘g‘diyona" rahbariyatidan meni iste’foga chiqarishini so‘rayman. Bunday og‘ir ruhiy holatda ishlashim qiyin. Men "toza" futbol tarafdoriman. O‘sish bo‘lishini xohlayman. Ko‘rdingiz, jamoamiz oxirgi 3-4 yilda raqobatbardosh jamoaga aylandi va katta maqsadlarga erisha oladi. Yigitlarning mehnati evaziga o‘tgan yili 2-o‘rinni oldik. Balki boshqa murabbiy kelsa, jamoaga foyda bo‘lar. Hammaga rahmat. Jamoa rahbariyatidan to‘g‘ri yechimga kelishini kutaman", – dedi Ulug‘bek Baqoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "So‘g‘diyona" rahbariyatidan meni iste’foga chiqarishini so‘rayman"