00:02 / 13.05.2022
4 830

Ro‘ziqul Berdiyev: "Davralar oralig‘ida "Nasaf" tarkibi yanada kuchaytiriladi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Davralar oralig‘ida "Nasaf" tarkibi yanada kuchaytiriladi"
Superliganing 8-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - "Nasaf" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Bugungi 3 ochko biz uchun muhim edi va mavsum davomida asqotadi. Safarda, kuchli raqib maydonida g‘alabani qo‘lga kiritish juda ajoyib. O‘yin haqida gapirsam, birinchi bo‘limda biz hamma joyda nazoratni qo‘lga oldik. Hisobda ham, o‘yinda ham oldinda bordik. Lekin ikkinchi bo‘limga kelib "So‘g‘diyona" vakillari bizdan yaxshiroq harakat qilishdi. Mezbonlar ko‘proq qanotlardan tashkil etiladigan hujumlarga va standart vaziyatlarga tayanishdi. Biz bunga har doim tayyor emasdik, shu sabab standartdan gol o‘tkazib yubordik.

Umuman olganda, yigitlar bugun ko‘rsatmalarni yaxshi bajarishdi. Asosiysi bugun kurashuvchan jamoaga qarshi biz g‘alabaga erisha oldik.

- "Nasaf" asosan bir hujumchi bilan harakat qilardi. Bugun maydonda bir vaqtning o‘zida ikki hujumchi o‘ynadi. Bu taktik o‘zgarish edimi?
- Bugun o‘yin sxemasiga ozroq o‘zgartirish kiritdik. Himoya chizig‘ida sof 3 ta futbolchi harakat qildi. Bu qaysidir ma’noda raqibga noqulaylik tug‘dirdi. Ikki hujumchi bilan o‘ynaganimiz, ularning ikkisi ham bosh bilan yaxshi o‘ynaydi, standart vaziyatlarda ular bizga zarur edi.

- Keyingi oyda U-23 Osiyo chempionati boshlanadi. Alibek Davronov terma jamoaga jalb etilsa, qanotda qiyinchiliklarga duch kelmaysizmi?
- Bizda G‘olib G‘aybullayev ham safga qaytmoqda. Sharof Muhitdinov va Dilshod Saidovni ko‘rdinglar, bugun asosan qanotda harakat qilishdi. Shu sabab tarkibimizda bor futbolchilardan kelib chiqib o‘yin uslubini tanlaymiz.

- O‘zbekiston liga kubogi musobaqasini o‘tkazish yoki o‘tkazmaslik taklifi haqida sizning fikringiz qanday?
- Bu taklifni hozir sizdan eshitdim. Chunki qachon va qaysi formatda o‘tishi haqida manga biron xabar kelmadi. Agar o‘tkazilsa, bu o‘yinlar sonini ortishiga sabab bo‘ladi. Lekin "Nasaf" uchun bu musobaqa qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Chunki, har bir turnirda qatnashayapmiz. Bundan tashqari turli yoshdagi terma jamoalarga tarkibimizdan muntazam futbolchilar jalb etib kelinmoqda. Biroq, o‘yinlar soni ko‘p bo‘lgani yaxshi.

- "Nasaf"ning bu yilgi maqsadi qanday?
- Biz har doim yuqori o‘rinlar uchun kurashishni maqsad qilganmiz. Biz hozir reja qilayamiz, nasib bo‘lsa davralar oralig‘ida tarkibimizni yanada kuchaytiramiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Davralar oralig‘ida "Nasaf" tarkibi yanada kuchaytiriladi"