“Roma” xalqaro maydonda muvaffaqiyatli ishtirok etayotgani bois uning o‘yinchilariga chetdan taklif bo‘la boshladi. Ayniqsa, Angliya premer-ligasi klublari Rim klubida Joze Mourino qo‘l ostida o‘ynayotgan chram to‘p ustalariga alohida qiziqish bilan qaramoqda.
Xususan, “Manchester Yunayted”, “Arsenal”, “Tottenxem” va “Chelsi” portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostida to‘purarlik mahoratini namoyish qila boshlagan Temmi Abraxamni olishni orzu qilmoqda. Angliya grandlaridan yana biri – “Liverpul”ning tanlovi sal boshqaroq bo‘ldi.
Yurgen Klopp o‘z jamoasida bir necha pozitsiyada o‘ynay oladigan Nikolo Dzanoloni ko‘rmoqchi. La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, 22 yoshli yulduz klub bilan amaldagi kelishuvni uzaytirmayapti. Agar mavsum oxirigacha klub mutasaddilari italiyalik futbolchining imzosini ololmasa, yozda uni sotib yuborishga to‘g‘ri keladi.
Aslida rimliklar Dzanoloni qo‘yib yuborishga qarshi emas. Buning uchun xaridor klub 65-70 million yevro to‘lashi kerak. Nikologa assoiy da’vogarlardan biri “Yuventus” hisoblanadi.
Joze Mourino A Seriyadagi himoyachilar Dzanologa nisbatan shavqatsiz o‘ynayotgan va texnikasi kuchli o‘yinchi keyingi mavsumlarda jiddiy shikastlanganini inobatga olib, Nikologa Angliya klublariga ko‘chib o‘tishni maslahat bergandi.
Dzanol “Roma” safida 2018 yildan beri o‘ynamoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida yakunlanadi. Bu mavsum iste’dodli hujumchi barcha turnirlarda 39 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasini yetti marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlarining sakkizta goliga samarali pas uzatdi.
Mourinoni yerga urishdi!
Italiya futbolining yorqin namoyandalaridan biri, chexiyalik mutaxassis Zdenek Zeman portugaliyalik murabbiy Joze Mourinoning natijalarini tan olmadi.
Ma’lumki, Mourino qo‘l ostida rimliklar so‘nggi 31 yilda ilk bor Yevrokuboklar finalida o‘ynaydigan bo‘ldi. “Roma” Konferensiyalar ligasining hal qiluvchi bahsida Niderlandiyaning “Feyenoord” jamoasi bilan to‘qnash keladi.
Joze Mourino UYEFAning uch turniri – Chempionlar ligasi, Yevropa Ligasi va Konferensiyalar ligasi finaliga chiqqan birinchi murabbiy hisoblanadi.
- Mourinoning muvaffaqiyatini so‘rayapsizmi? Bu muvaffaqiyat emas, balki turnirning saviyasi mastligini ko‘rsatadigan ko‘rsatkich. A Seriyada eng yaxshi ishlayotgan murabbiy esa Vinchenso Italyano. Bu mutaxassis menga Joze Mourinodan ko‘ra ko‘proq yoqadi, - dedi Zdenek Zeman.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Vinchetso Italyano boshqarayotgan “Fiorentina” futbolchilari “Roma”ni 2:0 hisobida yengib, Yevropa ligasi yo‘llanmasi uchun kurashga qo‘shildi.
Bu transfer amalga oshadigan bo‘lyapti
“Roma”ga tegishli bo‘lgan tajribali himoyachi Alessandro Florensi to‘liq “Milan”ga ko‘chib o‘tishga tayyor.
Milanliklar o‘tgan yili yozdan beri ijara asosida o‘ynayotgan futbolchini to‘liq transfer qilish bo‘yicha bir to‘xtamga kelgan. Hozir klub mutasaddilari rimliklar bilan belgilangan 4,5 million yevro miqdoridagi badal pulini arzonlatish bo‘yicha muzokara olib bormoqda.
Florensi “Milan” rahbariyati bilan shaxsiy shartnomasini kelishib olgani aytilmoqda. Unga ko‘ra, tomonlar 2025 yilning yozigacha javom etadigan kelishuvni imzolashi kutilyapti.
31 yoshli futbolchi faoliyati davomida “Roma” va “Milan”dan tashqari “Krotone”, “Valensiya” va “Pari Sen-Jermen” klublarida ham faoliyat olib borgan.
Italiya terma jamoasi safida o‘tgan yili o‘tkazilgan Yevropa chempionati g‘olibi bo‘ldi.
Florensi joriy mavsumda jami 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi