
Bugun O‘zbekiston U-15 terma jamoasi Xorvatiyadagi "Vlatko Markovich" xalqaro turnirida navbatdagi uchrashuvini Bolgariyaga qarshi o‘tkazdi.
Zayniddin Tojiyev shogirdlari gollarga boy kechgan o‘yinda 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Vakillarimiz safida gollarni Muslimbek Habibullayev, Og‘abek Eshmamatov hamda Quvonchbek Abrayev (dubl) kiritgan bo‘lsa, raqib jamoaning gollariga Aleksandr Zamov, Mihail Palendkov va Denis Givedjov mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz bundan avvalgi o‘yinlarda mezbon Xorvatiyaga 3:0, Irlandiyaga 6:0 hisobida imkoniyatni boy bergan va Chernogoriyani 1:0 hisobida taslim etgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar