Joze Mourino har qanday jamoaga qarshi asosan bir hujumchili taktika qo‘llamoqda va yagona markaziy forvard vazifasini Temmi Abraxam bajarib kelmoqda. Angliyalik hujumchi mavsumda to‘purarlik mahoratini namoyish qilayotgani va barcha turnirlarda 24 ta gol urgani rost. Biroq, mutaxassislar bu hujumchining boshqa tomoniga e’tibor qaratyapti. “Roma” A Seriya klublari orasida eng ko‘p xavfli vaziyat yaratayotgan va ularni eng ko‘p barbod qilayotgan jamoalardan biri bo‘lib qolmoqda. Boy berilgan imkoniyatlarning aksariyati aynan Temmi Abraxamning hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Ta’kidlash joizki, mavsum oxiriga kelib, angliyalik to‘purarda charchoq alomatlari sezilayotganini mutaxassislar ham ko‘p ta’kidlayapti. Mourino esa, faqat uni o‘ynatishni istayapti.
A Seriyaning 37-turida rimliklar “Venetsiya”ni qabul qilib, autsayder oldida sharmandali mag‘lubiyatdan qutilib qoldi. Aniqrog‘ aytganda, Mourino ishonch bildirmayotgan Eldor Shomurodov “bo‘rilar”ni tom ma’noda qutqarib qoldi.
Aynan Shomurodovning aniq zarbasi Mourino shogirdlariga Yevropa ligasi yo‘llanmasi uchun raqobatlashish imkoniyatini saqlab qoldi.
O‘yindan keyin “Roma” muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda o‘yin bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.
O‘zbekistonlik muxlislar e’tiboriga Rim klubi muxlislarining Shomurodov haqidagi izohlaridan ayrimlarini havola etamiz.
Vladeslaff: Meni bir narsa hayron qoldiradi. Har qanday o‘yin, har qaysi raqibga qarshi, har qanday natijada ham Joze Mourino Temmi Abraxamning asosiy o‘rinbosari bo‘lgan Eldor Shomurodovning xizmatlarini inkor etib kelmoqda.
“Lester”ga qarshi uchrashuvda ham Shomurodovning maydonga tushirilmaganidan hayratlangan edim.
TheRome: Shomurodovdan Mourinoga salom! Balli, Eldor. Bu vaziyatda raqibni yanchib tashladik. Golni kim urdi? Albatta, Shoma! Bir e’tibor bering, goldan oldingi vaziyatda Pellegriniga tovoni bilan pas berdi. Shunchaki, ajoyib!
Ochko yo‘qotganimiz alam qildi. Lekin Shomurodov o‘yinga zo‘r qo‘shildi. “Roma” muxlislari Shomurodov kelasi mavsumga qolib, ko‘proq o‘ynashi va ko‘p gol urishiga umid qilamiz.
Shuningdek, Kris Smolling ham barcha himoyachilar uchun odatdagidek bir o‘zi o‘ynadi.
Romagiallorossa: Biz ikkita hujumchi bilan o‘ynamayotganimiz achinarli holat. Menimcha, Temmi va Eldor oldingi chiziqda bir birini juda yaxshi tushunib o‘ynaydi. Lekin hozirgi himoyamizning bu ahvolida ikkita hujumchini maydonga tushirish, ushalmas orzu bo‘lib qolaveradi.
Aytgancha, Shomurodovning goldan oldinga superpasini ko‘rdingizmi? Qalay chiqdi?
Spirit: Odatdagidek, Abraxam oyoqlari yurmay qolsa ham 90 daqiqa o‘ynaydi. Mourino Shomurodov singari hujumchilarga e’tibor qaratmayapti. Yana munosib zaxira o‘yinchilari yo‘q, deb noligani noligan.
Statistikaga e’tibor qarating. “Roma” hujumchilarining chempionatdagi natijalari shunday ekan:
- Feliks Afena-Gyan 665 daqiqa o‘yinda ikkita gol va golli pas yo‘q.
- Nikolo Dzanolo 1970 daqiqada ikkita gol va to‘rtta golli pas.
- Eldor Shomurodov 690 daqiqa o‘yinda uchta gol va to‘rtta golli pas.
Menga shuni tushuntirib beringlar! Nega Mourino Shomurodovni yoqtirmaydi va faqat Dzanolo hamda Feliksni qo‘llab-quvvatlaydi?
Koenig (Spirit fikriga javoban): Ko‘p narsa uchrashuvlarning o‘ziga xos jihatlariga, o‘yinchilar bunday bahslarda qaysi vazifalarni qanday bajarishiga bog‘liq.
Agar Shomurodovni o‘zi o‘ynagan uchrashuvlarda raqib darvozaboni bilan birga bir vaziyatga chiqarib turishganida chempionat to‘purari Chiro Immobiledan ko‘p to‘p kiritgan bo‘lardi.
Feliks “Jenoa”ga ikkita gol urgani bor gap. Qolgan o‘yinlarni o‘rtacha yoki bo‘sh o‘tkazdi. Shomurodov undan ko‘p foyda keltiryapti. Eldor Afena-Gyandan farqli ravishda to‘pni qabul qilib olish, ushlab turish, ajoyib pas berishni biladi va doim darvozani mo‘ljallab yuradi.
Feliksning Shomurodovdan tezkor ekani ham fakt emas! Xo‘sh, Afena-Gyan o‘zbek hujumchisidan nimasi bilan ustun? “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi