Futbol bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkaziladigan yilda O‘zbekiston "FIFA World Cup Trophy Toyr by Coca-Cola" loyihasini o‘zida qabul qilishdan mamnun. Yil yakunida o‘tkaziladigan Mundial oldidan O‘zbekiston ushbu tarixiy kubok sayohat qiladigan dunyoning 51 mamlakatlaridan biri ekanligi katta sharafdir.
2022 yil o‘zbek futboli uchun katta ahamiyat kasb etadi. Chunki bu yil ko‘plab muxlislarni ruhlantiradigan va quvonchiga sabab bo‘ladigan futbol yurtimizga kirib kelganining 110 yilligi nishonlanmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatimizga va futbolimiz hamjamiyatiga bildirilayotgan bunday ishonch yurtimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, sportning futbol turiga qaratilayotgan e’tibor natijasidir.
FIFA, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi hamda Coca-Cola muxlislar uchun ana shunday festival tashkil etish, futbol bo‘yicha Jahon kubogini ko‘rish imkoniyatini taqdim etish borasidagi o‘zaro hamkorlikdan mamnun. 6 iyun kuni Kubok taqdimotida shuningdek, Jahon chempionlari Kristian Karambyo va Karles Puyol ishtirok etishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar