1 945
Aleksandr Geynrix — o‘tmishdagi yorqin o‘yinlari, hozirgi hayoti va kelajakdagi rejalari haqida
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi Aleksandr Geynrix O‘zbekiston va Italiya A Seriyasi afsonalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng O‘FAga intervyu berdi.
O‘zbekiston va Italiya A Seriyasi yulduzlari o‘rtasidagi uchrashuv haqida
O‘zim uchun qadrli bo‘lgan «Paxtakor» stadioniga qaytish yoqimli bo‘ldi. O‘yinni esa o‘zingiz ko‘rdingiz, boshqa hech narsa deya olmayman (kuladi). Tashkilotchilik yaxshi bo‘lgan. Italiyalik hamkasblar bilan suhbatlashganimda, ular ham barchasi zo‘r o‘tganini aytdi. Ular 2-3 kundan buyon O‘zbekistonda va albatta, osh yegan.
Terma jamoadan chaqiruvga darhol javob bergani haqida
Men bilan aloqaga chiqishganda, umuman muammo yo‘qligini aytdim. Shunday futbolchilar bilan o‘ynash yana qachon nasib etadi.
Hozir nima bilan shug‘ullanayotgani haqida
Hozir oilamga ko‘proq vaqt ajratyapman. Shuncha yil futbol o‘ynadim, doim ham uyda bo‘lolmasdim. Shuning uchun oilam bilan birga bo‘lish uchun tanaffus oldim. Ayni vaqtda Moskvadaman.
Kelajakdagi rejalari haqida
Bu haqida ochiq gapira olmayman. Tez orada bilib olasiz.
Murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanish ehtimoli haqida
Ha, shunday ehtimol bor. Lekin yaxshi futbolchi degani har doim ham yaxshi murabbiy bo‘ladi degani emas. Menda murabbiylik tajribasi yo‘q. Bizning avloddagi yigitlarni ko‘ryapman. Kimdadir o‘xshayapti, kimdadir esa yo‘q. Shuning uchun yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rmoqchiman. Shunchaki murabbiylikka qadam qo‘ygim yo‘q. Omadsizlikka uchrashni xohlamayman. Murabbiylik borasida bir nechta takliflar tushdi. Ularning barchasini rad etdim.
O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlarini kuzatishi haqida
Nafaqat O‘zbekiston terma jamoasini, balki Superligani ham doim kuzatib boraman. Terma jamoada ayni vaqtda muhim o‘yinlar yo‘q, faqat o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazilyapti. Yangi murabbiy bilan hali nimadir o‘zgarganini ko‘rganim yo‘q.
Futbolchilik faoliyati davomida Yevropadan takliflar bo‘lgani haqida
Takliflar bo‘lgan, ko‘riklarga ham borganman. Germaniyada «Boxum» jamoasida ko‘rikdan o‘tganman. Ammo til bilmaganim uchun qiyin bo‘lgan. Shu sabab u yerdan darhol ketganman. U paytlar yosh edim. Yoshlik payting uydan uzoqqa ketsang, nimadir seni ortga tortib turarkan.
2003 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Xavi, Inestalarga qarshi o‘ynagani haqida
BAAda o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati faoliyatimdagi eng yorqin lahzalarni xotirada qoldirgan. Albatta, kuchli raqiblar bilan bir guruhga tushganmiz (O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Argentina, Ispaniya va Mali bilan bir guruhdan joy olgan). Guruh bosqichidagi barcha o‘yinlarni yutqazgan bo‘lsak-da, biz qaytganimizda, qahramonlardek kutib olishgandi. Chunki biz oxirigacha kurashganmiz. Shunday o‘yinlar bo‘ladi-ki, mag‘lub bo‘lsang-da, odamlar sening kurashganingni, oxirigacha borganingni ko‘radi. Biz bundan uyalmaganmiz. Hattoki faxrlanganmiz.
Faoliyatidagi eng esda qolarli gol haqida
Juda ko‘p gollar bo‘lgan. Qaysidir muhim, qaysidir muhim emas. Alohida birini aytish qiyin. Biror o‘yinda juda chiroyli gol urasan, ammo jamoang mag‘lubiyatga uchragan bo‘ladi. Biror o‘yinda 1:0 ga g‘alaba qozonasan, yagona golni ham o‘zing urasan. Mana bu eng esda qolarli gol bo‘ladi.
Argentinaga qarshi o‘yinda jarima zarbasidan urgan golim ko‘proq yodimda qolgan. «Paxtakor» safida ham Chempionlar Ligasida Saudiya Arabistoni klubiga ham jarimadan gol urgandim.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar