Shomurodov asosiy tarkibda tushgan bahsda "Roma" ishonchli g‘alabaga erishdi

Shomurodov asosiy tarkibda tushgan bahsda "Roma" ishonchli g‘alabaga erishdi
A Seriya 38-turidan o‘rin olgan "Torino" - "Roma" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Rim klubi safida Abraxam dubl muallifiga aylandi. Shuningdek, Pellegrini ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa, Mourino boshchiligidagi Rim klubi 6-o‘rinni band etgan holda, Yevropa ligasi yo‘llanmasini hal qildi. 59 ochkoga ega "Atalanta" hamda "Fiorentina" so‘nggi turdagi o‘yinlarda g‘alaba qozonsa ham "bo‘rilar"ga yeta olmaydi.

"Torino" – "Roma" 0:3
Gollar
: 0:1 – 33 Abraxam, 0:2 – 42, penalti Abraxam, 0:3 – 78, penalti Pellegrini.
"Torino" – Berisha, Ayna, Rodriges (Buondjorno, 46), Lukich, Zima, Ansaldi (Sek, 46), Prat, Brekalo (Pyatsa, 46), Pobega, Richchi (Mandragora, 84), Belotti (Pellegri, 68).
"Roma" – Ruy Patrisiu, Manchini, Kumbula, Rojer, Spinatssola (Vinya, 83), Zalevski (Karsdorp, 58), Serjiu Oliveyra (Kristante, 58), Veretu, Pellegrini (El-Shaaravi, 82), Shomurodov (Dzanolo, 76), Abraxam.
Ogohlantirishlar: Rojer (20), Ansaldi (21), Shomurodov (76), Buondjorno (78).

Qayd etish lozim, legionerimiz Eldor Shomurodov mazkur bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 76-daqiqada zaxiraga olindi. U so‘nggi bor 2021 yil 4 dekabr sanasida chempionatning 16-turidan o‘rin olgan "Inter"ga qarshi bahsda boshlang‘ich tarkibda ko‘rinish bergandi.

Eslatib o‘tamiz, 26 may kuni rimliklar Yevropa Konferensiyalik ligasi finalidan o‘rin olgan o‘yinda "Feyenoord"ga qarshi maydonga tushadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar