
Italiya chempionati 38-turida “Roma” safarda “Torino”ni 3:0 hisobida mag‘lub etib, keyingi mavsum Yevropa Ligasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.
Vanihoyat, rimliklar ustozi Joze Mourinyu Eldor Shomurodovni ilk daqiqalardan maydonga tushirishga qaror qildi va u 76-daqiqda almashtirildi. O‘zbekistonlik klub safida 29 uchrashuvdan beri birinchi marotaba asosiy tarkibga kiritildi. Bungacha u 18 bahsda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan, 11 tasida esa qaydnomadan joy olib, uchrashuvga tushmagandi.
26 yoshli hujumchi A Seriya 2021/22 yilgi mavsumida 28 bahsda qatnashib, 3 ta gol urdi va 4 ta assistni o‘z hisobiga yozdirdi. Shuningdek, Eldor ikki bor sariq kartochka ham oldi. U o‘tgan mavsum “Jenoa” safida 31 uchrashuvda 8+1 natija ko‘rsatgandi.
Eslatib o‘tamiz, rimliklarni oldinda Konferensiyalar Ligasi finali doirasida 25 may kuni "Feyenoord"ga mavsumdagi hal qiluvchi bahs kutmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar