Goal nashrining ma’lum qilishicha, “Manchester Yunayted”da bosh murabbiylik vakolati yakunlanayotgan Ralf Rangnik jamoani qabul qilib olishi kerak bo‘lgan Erik ten Xagga birinchi navbatda qaysi o‘yinchidan qutilish kerakligini maslahat bergan.
Manbaning ta’kidlashicha, germaniyalik mutaxassis niderlandiyalik hamkasbiga hujumchi Markus Reshfordni tezroq sotib yuborish kerakligini uqtirgan.
Erik ten Xag Reshfordning jamoadagi muammosidan xabar topib ulgargan. U jamoani to‘liq qabul qilib olganidan keyin hujumchi bilan suhbatlashib olishni rejalashtirmoqda.
Ayni paytda Angliyaning eng iqtidorli hujumchilaridan hisoblangan Markusning o‘yinida pasayish kuzatilmoqda. U yakunlanayotgan mavsumda 32 marta maydonga tushib, atigi besh bor to‘p kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar