23:15 / 26.05.2022
1 385

"Feyenoord" ustozi: "Finalda mag‘lub bo‘lish unchalik yoqimli emas, lekin biz Mourinyu boshchiligidagi jamoa bilan uchrashdik"

"Feyenoord" ustozi: "Finalda mag‘lub bo‘lish unchalik yoqimli emas, lekin biz Mourinyu boshchiligidagi jamoa bilan uchrashdik"
"Feyenoord" bosh murabbiyi Arne Slot Konferensiya Ligasi final uchrashuvida "Roma"dan uchralgan mag‘lubiyatdan (0:1) keyingi his-tuyg‘ulari bilan bo‘lishdi.

"O‘yin juda shiddatli o‘tdi. Boshida biz "Roma"dan farqli o‘laroq yaxshi o‘ynadik. Biroq vaziyatlar yarata olmadik va bu meni xafa qildi. Ba’zida futbolchilar to‘pni qanday boshqarish borasida noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishdi. "Roma" gol urgach, katta ustunlikka erishdi va biz uchun hamma narsa murakkablashdi.

Finalda mag‘lub bo‘lish unchalik yoqimli emas, lekin biz Joze Mourinyu boshchiligidagi jamoa bilan uchrashdik. Ilgari biz irodali g‘alabalarga erishgandik, ammo Italiya jamoasiga qarshi final o‘yinida vaziyatlar yaratish juda qiyin, ayniqsa, raqibingiz Joze Mourinyu bo‘lsa.

O‘yinimiz bilan faxrlana olmayman, hayratdaman. Kubokni Rotterdamga olib ketmoqchi edik, ammo oamdsizlikka yuz tutdik
", – dedi mutaxassis.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Feyenoord" ustozi: "Finalda mag‘lub bo‘lish unchalik yoqimli emas, lekin biz Mourinyu boshchiligidagi jamoa bilan uchrashdik"