
«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar Ligasi finalidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- "Sodir bo‘layotgan voqealardan klub uchun ham, futbolchilar uchun ham zavqlanishda davom etaman. Hozir baxtliman va juda xotirjamman. Bugun tunda biroz notinchlik yuz beradi, bilaman. Ammo futbolchilarning yuziga qaraganimda o‘zimga ishonch paydo bo‘ladi.
2014 yildagi finaldan ko‘ra kamroq xavotir olyapman. Lissabondagi final («Real» «Atletiko»ni 4:1 hisobida mag‘lub etgandi) bizning so‘nggi yillardagi barcha muvaffaqiyatlarimiz uchun kalit vazifasini o‘tab berdi", - dedi «Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti.
«Real»—«Liverpul» o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi finali 28 maydan 29 mayga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar