Amalga oshmagan «qasos rejasi»: «Real» g‘alabasi haqida o‘nta fakt

Amalga oshmagan «qasos rejasi»: «Real» g‘alabasi haqida o‘nta fakt
Foto: Chempionat.
Tunda Parijda kechgan EChL finalida «qasos rejasi» amalga oshmadi. Muhammad Salohni yana «Real Madrid» EChL kubogisiz qoldirdi. Parijdagi Chempionlar ligasi finalida «oq blankos» «Liverpul»ni mag‘lub etdi.

Yagona golga Vinisius mualliflik qildi. Shu tariqa Madrid jamoasi o‘z tarixida 14 ta EChL kubogini qo‘lga kiritib, o‘z rekordini o‘zi yangilab qo‘ydi.

Quyida chempionlik haqida o‘nta faktni keltirib o‘tamiz.

1. «Real» o‘z tarixida o‘n to‘rtinchi marta EChL sohibiga aylandi va eng yaqin ta’qibchisi «Milan»dan 2ta yutuqqa oshib ketdi.

2. Madrid jamoasi dastlabki 7 ta EChL kubogini qo‘lga kiritish uchun, yarim asr vaqt sarflagan edi. Keyingi 7 ta kubokni qo‘lga kiritish uchun 22 yil kifoya qildi.

3. «Real» so‘nggi 8 yil ichida 5 marta Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi.

4. Karlo Anchelotti 4 marta EChL yutgan birinchi murabbiyga aylandi («Milan» — 2003 va 2007, «Real» — 2014 va 2022).

5. Karim Benzema, Isko, Dani Karvaxal, Marselo, Luka Modrich va Garet Beyl 5 marta EChL yutgan futbolchilarga aylanib, Krishtianu Ronalduning rekordini takrorlashdi.

6. «Real Madrid» chempionlik yo‘lida APLning TOP 3 jamoasini mag‘lub etishga erishdi.

7. Karim Benzema 15 ta gol, ikkita golli uzatma oshirib, EChLda tengsiz bo‘ldi.

8. Marselo «Real»dagi 15 yillik faoliyatida 25 ta sovrinni qo‘lga kiritdi va Madriddagi faoliyati yakunlanganini e’lon qildi.

9. Kurtua Chempionlar ligasi finalida 9 marta seyv amalga oshirgan birinchi darvozabonga aylandi. U EChL joriy mavsumida 59 ta seyv amalga oshirdi — bu rekord natija.

10. 1981 yildagi Parij finalidan beri «Real» finallarda mag‘lub bo‘lmayapti.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar