U-23 Osiyo kubogi birinchi turidan o‘rin olgan Avstraliya - Quvayt uchrashuvidan oldin matbuot anjumani tashkil etildi.
Anjumanning birinchi qismida Avstraliya U-23 bosh murabbiyi Treyse Morgan va futbolchi Treyse Frankois qatnashdi.
"Avvalambor biz Osiyo kubogi orqali Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olganimizdan juda ham xursandmiz. Bunday katta musobaqalar yutbolchilar o‘zlarini ko‘rsatishlari uchun juda ham katta imkoniyat. Fursatdan foydalanib shu turnirga yetib kelgan barcha terma jamoalarni tabriklayman, chunki koronavirus qiyinchiliklari deb biz bu turnirga yo‘llanma olishga juda ham qiynaldik. Yana aytib o‘taman biz bu turnirda qatnashayotganimizdan juda ham xursandmiz va g‘alabaga chanqoqmiz", - deydi murabbiy.
"Juda ham hayajondamiz jamoalar kuchli va biz bu turnirga katta tajriba to‘plashimizga ishonaman", - deydi Treyse Frankois.
- Ko‘rinib turibdiki, musobaqadagi jamoalar kuchli. G‘alabaga qanday yondoshmoqchisiz?
- Bunga oddiy javob beraman. Biz har doim bor e’tiborimizni bitta o‘yinga qaratamiz va maksimal o‘sishga intilamiz. Ta’kidlab o‘tganimdek, bu turnirga yo‘llanma olishimiz juda ham qiyin kechdi. O‘tgan yilgiga qaraganda o‘yinimiz o‘zgardi. Hozir bor e’tiborimizni birinchi o‘yinga qaratamiz va "progress" qilishga harakat qilamiz.
- Yurtimiz haqida fikringiz qanday? Jamoangizning ertangi o‘yindagi va umuman guruhdan chiqish imkoniyatlarini qanday baholaysiz?
- O‘zbekistonda birinchi marta bo‘lib turishim va Osiyodagi mashhur mamlakatlardan biri. Bizni juda ham ajoyib kutib olishdi va qisqa muddatli mashg‘ulot o‘tqazishga ham ulgurdik. Guruh haqida gapiradigan bo‘lsam, biz o‘zimizni qiynab jonimizni berishimiz va turnirni davom ettirishimiz kerak. Chunki bu bizning mentalitetimiz. O‘ylashimcha, bu turnirga har bir jamoa aniq maqsadlar bilan yetib kelgan.
- Jamoangizdan kelajakda terma jamoangizga o‘yinchilar yetishib chiqishi mumkin. Terma jamoa seleksionerlari oldida o‘zingizni ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyat deb hisoblaysizmi?
- Albatta bu turnir terma jamoaga qo‘shilish uchun juda ham zo‘r imkoniyat. Biz bu borada milliy terma jamoaga Jahon chempionatida yordam bermoqchimiz?
- Yurtimizdagi ob-havo sizga ma’qulmi?
- Ajoyib, Avstraliyada ko‘p o‘yinlarimiz issiq havoda bo‘lib o‘tadi. Ligamiz yozda bo‘lib o‘tadi. O‘yinchilarimiz ob-havo sharoitlarini tushunib turishibdi, degan umiddaman. Biz issiqmi, sovuqmi hamma narsaga tayyormiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi