“Roma” bosh murabbiyi kelasi mavsumda jamoada qolishi kerak bo‘lgan o‘yinchilarni ushlab qolishga harakat qilmoqda.
Corriere della Sera nashrining xabar berishicha, Brayan Kristante ana shunday futbolchilar sirasiga kiradi. Manbaning ta’kidlashicha, bosh murabbiy klub rahbariyatiga murojaat qilib, mavsudm juda ishonchli o‘yin namoyish qilgan yarim himoyachini olib qolishni so‘ragan.
Ma’lumotlarga qaraganda, Brayan Kristantega A Seriya chempioni “Milan” va Ispaniya chempionati vakili “Sevilya”dan jiddiy taklif bo‘lmoqda. Kelasi mavsum Chempionlar ligasida ishtirok etadigan bu jamoalar maydon markazini kuchaytirish uchun “roma” futbolchisidan foydalanmoqchi.
Brayanning rimliklar bilan shartnomasi yakunlashiga ikki yil bor. Shunga qaramay, futbolchining agenti Juzeppe Riso klub sport direktori Tyagu Pinto bilan uchrashib, o‘yinchining kelajagini muhokama qilmoqchi.
Kristante bu mavsum 50 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga uchta gol va ir juft assist rasmiylashtirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi