
PSJ hujumchisi Lionel Messi bu mavsum “Real” yulduzi Karim Benzema o‘zidan zo‘r o‘ynaganini tan oldi.
- Karim Benzema mavsumni ajoyib o‘tkazgani va jamoasining Chempionlar ligasida g‘olib chiqishida asosiy rolni bajargani rad etib bo‘lmas fakt, deb o‘ylayman. Men bu gal “Oltin to‘p” sovriniga kim loyiq ekaniga shubha ham qilmayman, - dedi Lionel Messi.
Karim Benzema mavsumda barcha turnirlarda 46 ta uchrashuvda 44 ta gol urdi va jamoadoshlariga 15 ta golli pas uzatdi. Uning yordamida Karlo Anchelotti jamoasi Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogi, Yevropa Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Benzemaning o‘zi 27 ta gol bilan La Liga va 15 ta gol urgan holda Chempionlar ligasi to‘purari bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar