“Roma” rahbariyati 22 yoshli hujumkor futbolchi Nikolo Dzanoloni sotib yuborish fikridan qaytgani yo‘q.
Dzanolo Konferensiyalar ligasi finalida rimliklarga g‘alaba keltirgan yagona gol muallifi sifatida mavsum qahramoniga aylangan edi. Shundan so‘ng, Rim klubi mutasaddilari o‘yinchiga maoshi oshirilgan yangi bitim taklif qilishi va uning jamoada qolishini ta’minlashi haqida xabarlar tarqatilgandi.
Lekin futbolchining o‘zi Chempionlar ligasida ishtirok etadigan A Seriya yetakchilari – “Yuventus” yoki “Milan”da to‘p tepishni istayapti va yangi shartnomani imzolashni paysalga solib kelmoqda.
“Roma” Nikoloni 55 million yevroga sotib yuborishini ma’lum qilgan bo‘lsa-da, iste’dodli futbolchini A Seriyada qolmasdan xorijga ketishi kerakligini ta’kidlamoqda. Dzanologa Angliya klublaridan jiddiy qiziqish bor. Lekin universal futbolchi o‘zi ko‘nikkan chempionatdan chetga chiqmoqchi emas.
Nikolo Dzanolo yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 42 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga sakkizta gol va to‘qqizta assist rasmiylashtirdi.
“Roma” bu o‘yinchining “Yuve”ga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqchi
PSJ mutasaddilari yozda argentinalik yarim himoyachi Leandro Paredes bilan xayrlashishga tayyor. Klub rahbariyati yangi loyihani yo‘lga qo‘ymoqchi va unda yetakchi rolni Kilian Mbappe o‘ynaydi.
Bundan bun Mbappe klubning transfer siyosatiga ham aralashadi. Fransiyalik futbolchi PSJda janubiy amerikalik legionarlar ulushini kamaytirmoqchi. Calciomercato nashrining ta’kidlashicha, Mbappe Paredesning ketishi tarafdori.
Paredesga A Seriya vakillaridan “Yuventus” jiddiy qiziqish bildirmoqda. O‘z navbatida, “Roma” ham sobiq futbolchisini turinliklarga berib qo‘ymoqchi emas.
Mourino bu o‘yinchining imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.
Leandroning klub bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Shuning uchun uni oladigan klub 17-20 million yevro atrofida xarajat qilishi kerak.
Fransiya chempionligini qo‘lga kiritgan Paredes jami 22 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga bitta gol va ikkita golli pas yozdirib qo‘ydi.
U hammadan minnatdor!
“Roma”ning 27 yoshli yarim himoyachisi Brayan Kristante yakunlangan mavsum “Roma” uchun omadli kelganidan mamnun.
Biz mavsumni juda yaxshi nuqtada yakunladik. Ya’ni sovrin sohibi bo‘ldik.
Barchamiz Konferensiyalar ligasi kubogini muxlislarimiz bilan boshimiz uzra ko‘tardik. Rim xursandchilik onlari juda uzoq kutdi. Hammaga unutilmas mavsum uchun minnatdorligimni izhor qilaman, - dedi Brayan Kristante.
Kristante omadli o‘tgan mavsumda 49 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi.
Ayni paytda “Roma” yana ikki yillik shartnomaga ega futbolchini uzoqroq muddatga olib qolishga harakat qilyapti. Bir necha pozitsiyada muvaffaqiyatli o‘ynaydigan futbolchiga Italiya, Ispaniya va Angliya klublaridan qiziqish bor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi