
Saudiya Arabistoni U-23 hamda Tojikiston U-23 terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda saudiyaliklar yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Saad al-Shahri bellashuvdan keyin qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Men jamoamni g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi bahsda ko‘p gol urganimiz quvonarli bo‘ldi. Gol o‘tkazmaganimiz yanada ajoyib.
O‘yinning asosiy e’tiborga molik tomoni turli vaziyatlarga moslasha olganimizda edi. Biz bellashuvni juda sust boshladik. Biroq 10 daqiqadan keyin o‘zimizga keldik va birinchi golni urdik.
Ikkinchi taymda raqibni "yopib qo‘yish" maqsad qilindi. Buning uchun yigitlar qattiq mehnat qildi va natijada, 5:0 hisobidagi g‘alaba qo‘lga kiritildi. Endi biz Yaponiyaga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim.
Tojikiston yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Ularning Eron bilan munosib qarshilik ko‘rsatgan bahsini ko‘rib chiqqandim.
Biz bu musobaqaga tayyor ekanimizni ko‘rsatib qo‘ydik. Bu hali biz uchun boshlanishi va biz istalgan raqib bilan kurashishga tayyormiz", - dedi mutaxassis. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar