
"Bavariya" hujumchisi Robert Levandovski "Barselona" bilan shartnoma borasida kelishib oldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 33 yoshli futbolchi kataloniyaliklar bilan 3 yillik shartnoma bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Endi ispan klubi "Bavariya" bilan transfer narxi borasida bir to‘xtamga kelib olishi talab etiladi.
Qayd etilishicha, Levandovski “Real”, PSJ va “Chelsi” jamoalarining qiziqishlariga qaramay, “Barselona”ga o‘tishga qaror qilgan va “ko‘k-anorranglilar” moliyaviy muammolarini hal qilishini kutishga tayyor.
Levandovski "Bavariya" bilan shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolganiga qaramay, shu yozda Myunxenni tark etish niyatida ekanligini bir necha bor e’lon qildi. "Barselona" polshalik futbolchi bilan muzokara olib borayotganini kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi ham tasdiqlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar