PSJ rahbariyati argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettinoni bosh murabbiylikdan bo‘shatib, o‘rniga Chempionlar ligasida g‘olib chiqishga qodir murabbiy olib kelishni rejalashtirmoqda.
Parij klubi xo‘jayinlari fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan bilan bir necha marotaba uchrashib, uni PSJni qabul qilishga ko‘ndira olmadi. “Real” bilan bosh murabbiy sifatida uch marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan Zidan bir mavsum uchun va’da qilingan 25 million yevrolik maoshni ham qabul qilmadi.
Endi PSJ xo‘jayini jamoani Joze Mourinoga topshirmoqchi. Portugaliyalik mutaxassis yakunlangan mavsumda Konferensiyalar ligasida g‘olib chiqib, UYEFA tasnifidagi barcha musobaqalarda bosh sovrinni qo‘lga kiritgan yagona murabbiy sifatida tarixga o‘z nomini muhrlab qo‘ydi.
Mourinoning Rim klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yarmigacha amal qiladi. Uning oldiga “Roma”ni Italiya chempionligi va Chempionlar ligasida muntazam qatnashadigan jamoaga aylantirish vazifasi qo‘yilgan.
Bundan oldin Jozening o‘zi kelasi mavsumda ham Rimda qolishini aytgandi. Lekin o‘shanda PSJ varianti yo‘q edi. PSJning katta moliyaviy qudratga ega xo‘jayini o‘z takliflari bilan Joze Mourinoni Parijga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishi mumkinligi aytilmoqda.
Mourinodan minnatdorman!
“Roma” asosiy tarkibiga shiddat bilan kirib borgan Nikola Zalevski haqiqiy kashfiyot sifatida e’tiroq etilmoqda.
Joze Mourino 20 yoshli futbolchini chap qanotda o‘ynatib, unga keng imkoniyat yaratib berdi. Polshalik yarim himoyachi mavsum o‘zi uchun omadli o‘tganidan xursandligini yashirmayapti. Ayniqsa, “Roma” Konferensiyalar ligasida zafar quchgani Zalevskiga unutilmas voqea bo‘ldi. Chunki bu yosh o‘yinchining professional faoliyatidagi birinchi sovrini hisoblanadi.
- Mendan nimalarni orzu qilishimni so‘rashganida xalqaro miqyosdagi sovrinlarni, deb javob qaytargan bo‘lardim. Yakunlangan mavsum haqida o‘ylasam, xayolimga juda ko‘p voqealar keladi. Bunga Mourinoning imkoniyat bergani, chap qanotda o‘z o‘rnimni topganim, finaldagi unitilmas hissiyotlar, o‘zim duch kelgan bosim kiradi. Bundan tashqari, maydondan tashqarida ham ko‘p unutilmas voqealar sodir bo‘ldi, - dedi Nikola Zalevski.
Zalevski “Roma” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Mourino uni asosiy jamoaga qo‘shdi va aynan portugaliyalik murabbiy unga ishonch bildira boshladi. Nikola debyut mavsumida barcha turnirlarda 24 marotaba maydonga tushib, jamoadoshlariga ikkita golli pas uzatdi.
Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Joze Mourino boshchiligidagi murabbiylar shtabi iste’dodli o‘yinchiga kelasi mavsum ko‘proq o‘yin amaliyoti berishni rejalashtirmoqda.
Totti Dibalani “Roma”da ko‘rmoqchi!
“Roma”ning eng mashhur hujumchisi Franchesko Totti “Yuventus”ni tark etgan Paulo Dibala poytaxtga kelishini istayapti.
Men Dibala bilan ko‘p narsa haqida gaplashdim. Mavzular orasida uning “Roma”ga transferi ham bor edi. Biz bir birimizni to‘g‘ri tushundik, deb o‘ylayman. Lekin Dibala kelajagi haqida o‘zi qaror qabul qilishi kerak, - dedi Totti.
Yakunlangan mavsumda “Yuventus” safida 36 ta uchrashuvda 15 ta gol urib, oltita assist qayd etgan argentinalik hujumchiga “Inter” ham da’vogarlik qilmoqda. Bundan tashqari, Dibalaga Angliya premer-ligasi jamoalaridan taklif ko‘p.
Biroq, Pauloning o‘zi Italiyada qolmoqchi. Shu bois, Dibala tez orada “Inter” yoki “Roma”dan birini tanlashi kerak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”