O‘zbekistondagi eng yoqimli va deyarli barchaning yaxshi ko‘rgan jamoasi – bu “Nasaf”! Hatto raqib jamoa muxlislari ham “Nasaf”ga boshqacha hurmat bilan qarashadi. Klubda qanday yo‘nalish bo‘yicha ketayotganini hamma biladi va tanlagan yo‘li har doim o‘zini oqlab kelyapti. Buning yana bir isboti shuki, doim “Nasaf”dan yangi iqtidorlar kashf qilinadi va bu orqali barcha terma jamoalarimizga yetkazib beriladi. Bularning rejissiyori kim? Albatta, siz yaxshi bilgan Ro‘ziqul Berdiyev.
Bevosita jamoaning chempionatdagi ishtirokiga to‘xtalsak, intrigani oshirib kelyapti. Har yili yetakchilar safida. Yaqinda Saudiya Arabistoni maydonlarida o‘tkazilgan Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqich uchrashuvlarini muvaffaqiyatli o‘tkazib, yurishini davom ettiryapti. Shuning hisobiga qarshiliklar Superligada hamma ishtirokchilardan eng oz – 8 ta o‘yin o‘tkazdi. Hozircha ikkita jamoa mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirayotgan bo‘lsa, ulardan biri “Nasaf”. “Ajdarlar”ni yengishga hozircha hech kimni kuchi yetmayapti. Berdiyev jamoasida 8 ta uchrashuvda 5 ta g‘alaba va 3 ta durang bor.
Yodingizda bo‘lsa, bu chempionatni ketma-ket ikkita durang bilan boshlagandi. Avvaliga Namanganda “Navbahor” bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi. Ikkinchi turda Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qildi. 1:0 hisobida g‘alaba qozonayotganida oxirgi daqiqalarda javob golini o‘tkazib 1:1 natija qayd etilgandi. 3-turda AGMKga qarshi uchrashuvi qoldirildi. Ilk g‘alabasini 2 aprel kuni “Lokomotiv”ga qarshi bahsda qo‘lga kiritdi. O‘shanda mehmonda 0:1 hisobida ustun keldilar.
Darvoqe, qarshiliklar 9- va 10-turlarda yirik g‘alabalarga erishdi. Qarshida “Qizilqum” darvozasiga javobsiz beshta gol urdi. Keyin Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi xuddi o‘z uyida o‘ynagandek harakat qilgan “Nasaf” natijani ham shunga moslashtirib qo‘ydi – 1:4. Yuqorida jamoaning AGMKga qarshi o‘yini qoldirilgani haqida aytdik. Bundan tashqari, “Surxon” va “Dinamo” bilan bahslari ham boshqa muddatlarga ko‘chirilgan.
Turnir jadvalida dastlabki to‘rtta o‘rinni 20 tadan ochko jamg‘argan – AGMK, “So‘g‘diyona”, “Navbahor” va “Qizilqum” klublari band qilgan. Ulardan so‘ng 8 ta o‘yin o‘tkazib 18 ochko to‘plagan “Nasaf” boryapti. Yuqoridagi klublardan AGMK, “So‘g‘diyona” hamda “Navbahor”da bittadan zaxira o‘yini mavjud. “Nasaf”da esa 3 ta zaxira o‘yini kutyapti. Shundan xulosa qilish mumkinki, “Ajdarlar”ning hozirgi imkoniyati juda yaxshi. Agar qoldirilgan uchrashuvlarini yutadigan bo‘lsa, peshqadamga aylanib olishi tabiiy.
Klubning to‘plar nisbati ham juda yaxshi ko‘rinishda. 8 ta bahsda 14 ta gol urishdi va o‘z darvozasidan faqatgina 3 marta to‘p olib chiqishdi xolos. “Metallurg”, “So‘g‘diyona” va “Bunyodkor” “Nasaf”ga bittadan gol urishgan. Ko‘rib turganingizdek, gol urish samaradorligi ham yaxshi ishlayapti. Boshqa hech qaysi klub o‘z darvozasidan bunchalik kam gol o‘tkazmagan. Demak, shu tomonlama ham O‘zbekistonning sovrindor jamoasi maqtansa arziydi.
To‘g‘ri, hali mavsum davom etyapti, biroq 8 ta o‘yindagi xulosalar faqat ijobiylikdan darak beryapti va bu aslida tabiiy holat ham. Ro‘ziqul Berdiyev kuni kecha Sports.uz saytiga bergan intervyusida yozgi seleksiyada tarkibni yanada kuchaytirish ishlari olib borilayotganini aytdi. Shuningdek, chempionatimizdagi hozirgi tanaffusda uning jamoasi allaqachon mashg‘ulotlarga kirishganini ham ta’kidladi.
“Nasaf”ning har bir futbolchisi ommaning e’tiborida. Turli yosh toifasidagi terma jamoalar murabbiylari ham bejizga Berdiyev shogirdlarini jiddiy kuzatishmaydi. Ayniqsa, oxirgi turlarda o‘sha siz yaxshi bilgan Oybek Bozorov yanada “ochildi”. Rang-barang o‘yinlari-yu, betakror gollari bilan yana barchaning og‘ziga tushdi. Uni to‘xtatib bo‘lmay qoldi. 5 ta goli bilan jamoasining to‘purari bo‘lib turibdi. Ayni paytda u va bir qator jamoadoshlari bilan milliy terma jamoada. Yana ayrimlari olimpiya hamda yoshlar termasi safida.
Xullas, barchasi bo‘lib klubning 12 nafar futbolchisi terma jamoalarimiz ixtiyorida bo‘lib turishibdi. “Nasaf” hamma vaqt barcha klublar uchun namuna bo‘lib kelgan. Klubdagi tizim to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani bois doimiy ravishda favoritlar qatorida. Shuning uchun ham “Nasaf”ni hamma yaxshi ko‘radi.
Manba: Sports.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”