"Manchester Yunayted" ayni damda yozgi transfer rejalari ustida faol ishlamoqda. Goal.com xabariga ko‘ra, jamoaning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xag klubdagi ilk transfer oynasida jamoaga beshta yangi o‘yinchi olib kelmoqchi.
"Manchester Yunayted"ning asosiy maqsadi "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong hisoblanadi. Ingliz klubi niderlandiyalik futbolchini anchadan beri kuzatib kelmoqda. "Manchester Yunayted" rahbariyati uni "Ayaks"dagi o‘yinlarida ham, "Barselona"dagi o‘yinida ham kuzatib turishgan. Biroq, eng katta muammo de Yongni “Manchester Yunayted”ga o‘tishga ko‘ndirish hisoblanadi.
Ten Xag biladiki, Pol Pogba va Nemanya Matich ketganidan keyin klubga de Yongdan tashqari kamida yana bitta markaziy yarim himoyachi kerak. Murabbiy bu joyga Kalvin Fillips («Lids») va Deklan Rays («Vest Xem») nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda. Biroq, «Manchester Yunayted» London klubining Rays uchun qo‘ygan talablarini (taxminan 150 million funt) bajarmoqchi emas.
Ten Xagning fikricha, "Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida barcha chiziqlarni kuchaytirishi kerak.
Hujum chizig‘ini mustahkamlash ham asosiy rejalardan biri hisoblanadi. "Manchester Yunayted" bu borada "Benfika" hujumchisi Darvin Nuneshga qiziqish bildirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”