
Bugun soat 21:00 da 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi chorak final bahslari davom ettiriladi. Ikkinchi bahs O‘zbekiston hamda Iroq terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yin oldidan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze qisqacha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- "A" guruhida kuchli raqiblarga qarshi qiyin o‘yinlar o‘tkazdik. Biz ilk o‘yinda moslashib olishimiz kerak edi va 1:0 hisobidagi g‘alaba juda muhim bo‘ldi.
Jamoam Iroq bilan kuch sinashishga tayyor. Eron bilan o‘yinda rotatsiyaga qo‘l urdim. Yigitlarda yetarlicha dam olish imkoni bo‘ldi, deb hisoblayman.
Biz bu musobaqaning barcha o‘yinida g‘alaba qozonishni istaymiz. Eron bilan durang o‘ynaganimizga qaramay, jismoniy va ruhiy tomonlama yaxshi holatdamiz.
Iroq yuqori saviyali ajoyib futbolchilarga ega. Har biri o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin. Ammo bizda bu borada hech qanaqa bosim yo‘q. Hatto muxlislar qarshisida ekanimiz ham bizga faqat va faqat foyda keltiradi, - dedi mutaxassis. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar