10:00 / 12.06.2022
1 053

Trevor Morgan: "Turkmaniston bizga qarshi borini berib o‘ynadi"

Trevor Morgan: "Turkmaniston bizga qarshi borini berib o‘ynadi"
U-23 Osiyo Kuobogi chorak finalidan o‘rin egallagan Avstraliya – Turkmaniston (1:0) bahsidan so‘ng avstraliyaliklar bosh murabbiyi Trevor Morgan va uchrashuvning eng faol futbolchisi Tayris Frankois fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Futbolchilardan tortib murrabiylar shtabigacha, umuman, butun jamoamiz uchun qiyin o‘yin bo‘ldi. Raqibimiz Turkmaniston jamoasini musobaqadagi ajoyib o‘yin va natija bilan tabriklayman. Raqiblarni hurmat qilamiz va o‘yindan o‘yinga o‘sishga harakat qilamiz", – dedi Morgan.

"Turkmaniston bilan o‘yin biz uchun juda qiyin bo‘ldi. Ular juda tartibli himoya bilan tezkor qarshi hujumlar bilan bizni qiynashdi", – dedi Frankois.

- Turkmaniston Avstraliya uchun yangi nom, bu jamoadan nimalarni kutgan edingiz va ko‘tganingiz rost bo‘lib chiqdimi?
- Ular guruh bosqichida qanday o‘yin ko‘rsatishgan bo‘lsa, bugun ham shunday o‘yin ko‘rsatishdi. Raqib bizga qarshi borini berib o‘ynadi va g‘alabaga erishish uchun juda qattiq harakat qildi.

- Yarim finalga yo‘llanma olgandan keyin jamoangiz kiyinish xonasidagi kayfiyat qanday?
- Hamma xursand va keyingi o‘yin oldidan hamma hayajonda.

- Siz Angliyaning "Fulxem" jamoasi a’zosi hisoblanasiz va bugun siz Turkmaniston jamoasi futbolchilari darajasini ko‘rdingiz. O‘zbek va Turkman futbolchilari Angliya jamoalarida o‘ynab keta olishadimi? Chunki o‘zbekistonlik va turkmanistonlik futbolchilar deyarli bir xil uslubda o‘yin ko‘rsatishadi...
- Albatta, chunki o‘zbek va turkman futbolini darajasi juda yuqori darajada. Ayniqsa, texnik va taktik tomondan juda kuchli.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Trevor Morgan: "Turkmaniston bizga qarshi borini berib o‘ynadi"