Ertaga mamlakatimizda davom etayotgan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogining yarim final uchrashuvlariga start beriladi.
Bugun “Bunyodkor” stadionida mazkur bahslar oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Saudiya Arabistoni terma jamoasi bosh murabbiyi Saad al-Shahri va futbolchi Hamad Turki Al-Tuhayfan ishtirok etib, Avstraliya U-23 jamoasiga qarshi kechadigan o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Murabbiy: - Avvalambor, yarim finalga chiqqan jamoalarni tabriklayman. Shuningdek, Avstraliya asosiy jamoasini mundialga yo‘l olgani bilan qutlayman. Hamma qatori biz ham finalga chiqishni va g‘olib bo‘lishni istaymiz.
Raqibimiz qanchalik kuchli bo‘lmasin, biz maqsadimiz yo‘lida kurashishdan qaytmaymiz. Chempion bo‘lish bizning asosiy maqsadimiz.
Biz ham, Avstraliya ham o‘rgansa bo‘ladigan jamoamiz. Ya’ni uslub borasida yangiliklar qilmaydigan ikki terma o‘zaro to‘qnash keladi. Raqibimizning kuchli ekanini bilamiz va shunga yarasha tayyorgarlik ko‘ramiz. Inshaalloh, biz finalga chiqamiz.
Ikkinchi yarim finalda kim g‘olib bo‘lishini ayta olmayman. Uchrashuv yakunidan keyin bu aniq bo‘ladi. O‘zbekiston ham, Yaponiya ham ajoyib jamoa. Oldindan bir nima deya olmayman.
Futbolchi: - Murabbiy aytganidek bellashuvga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Biz ertaga o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak. Bu biz uchun juda muhim bahs. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...